"Bunyodkor" o'z tarixida 9-marta finalga chiqdi

Narzulla Saydullayev
6 okt 2017, 20:32
2007 yildan buyon O'zbekiston kubogida ishtirok etib kelayotgan "Bunyodkor" klubi o'z tarixida 9-marta finalga chiqdi.

Jamoa faqat 2011 va 2016 yillarda finalga chiqa olmagan. Hozirga qadar hal qiluvchi bahsda 8 marta qatnashgan "qaldirg'ochlar" 4 marta g'olib bo'lishgan va 4 marta imkoniyatni boy berishgan.

"Bunyodkor"ning finaldagi raqibi 7 oktyabr kungi "Nasaf" - "Lokomotiv" bahsdan so'ng ma'lum bo'ladi. Bu jamoaning birinchi o'yinida "temiryo'lchilar" 3:1 hisobida zafar quchdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia