"Bunyodkor" muxlislari diqqatiga

Iskandarov Abdulaziz
17 yanv 2022
“Bunyodkor” muxlislar uchun o'ynaydi! Muxlislar doim “Bunyodkor” bilan birga.

“Qaldirg'ochlar”ning barcha uchrashuvlarini bevosita stadionda tomosha qilishni va futbolchilarni qo'llab-quvvatlashni xohlaysizmi? Jamoaning yutuqlariga hissa qo'shishni istaysizmi? Unda “Bunyodkor” muxlislar klubiga a'zo bo'ling! Bu oddiy, 20 yanvar kuni soat 14:00da “Bunyodkor” stadionining 4-kirish darvozasi oldiga so'ralgan hujjatlar bilan keling.

Kerakli hujjatlar: 1 dona rangli pasport nusxasi hamda 2 dona 3X4 rasm.

Murojaat uchun telefon:  +99897-770-79-79 – Shovkat Imomov


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати