"Bunyodkor" muxlislari 79-daqiqada "Paxtakor-79" xotirasi uchun banner ko'tarishdi

Narzulla Saydullayev
31 mar 2019, 19:23
Superliganing 2-turidan o'rin olgan Toshkent derbisi bo'lib o'tdi.

"Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvining 79-daqiqasida "Bunyodkor" muxlislari o'tirgan sektorda "Paxtakor-79" abadiy qalbimizdasiz" deb yozilgan banner ko'tarishdi. 

Ma'lumot uchun, 1979 yil "Paxtakor" futbol klubi o'tirgan samolyot aviahalokatga uchragan edi. Bu yil ushbu mashum fojiaga 40 yil to'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia