

“Antaliyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan bosh jamoamizning murabbiylar shtabida italiyalik mutaxassis ish boshladi.
Marko Nikodemo - UEFAning darvozabonlar murabbiyi bo'yicha “B” licenziyasi sohibi bo'lgan mutaxassis 2026 yilgi mavsum jamoamizda faoliyat olib boradi. U darvozabonlarimizni mavsumga va uchrashuvlarga tayyorlaydi.
Ma'lumot uchun
MARKO NIKODEMO
Tug'ilgan sanasi: 4 avgust, 1974 yil
Darvozabonlar murabbiyi
UEFA “B” licenziyasi sohibi”, - deyiladi klub xabarida.




