

Mazkur shaharda 15 avgust kuni AGMK klubi ham “Nasaf”ga qarshi uchrashuv o'tkazishi, ketma-ket ikki kun davomidagi o'yinlar maydon sifatiga ta’sir ko'rsatishi mumkinlini inobatga olib, “Bunyodkor” - “Metallurg” uchrashuvi 14 avgust sanasida emas, balki 13 avgust kuni bo'lib o'tadi. Klublarning U-21 jamoalari ishtirokidagi bellashuv 12 avgust kuni “Bunyodkor” futbol akademiyasida tashkil etiladi.



