“Bunyodkor” mashg'ulotlarni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2017, 10:46
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa muddatli tatilga chiqqandi.

4 yanvardan boshlab yana mashg'ulotlar davom ettirilmoqda. “Qaldirg'ochlar” kuniga ikki mahaldan, trenajyor zali va ochiq maydonda shug'ullanishmoqda.

Rejaga ko'ra, Sergey Lushchan o'z shogirdlari bilan 6 yanvarga qadar poytaxtimizda mashg'ulotlar olib boradi. 7 yanvardan esa yig'in Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahriga ko'chadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com