

Soat 12:15da boshlanadigan tadbirning birinchi qismida “Lahviya” bosh murabbiyi Jamol Belmadi va futbolchilardan biri OAV vakillari savollariga javob qaytaradi.
Shundan so'ng “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan va yetakchi futbolchilardan biri jurnalistlar bilan muloqotga kirishadi.
“Bunyodkor” – “Lahviya” uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumaniga OAV vakillarini taklif etamiz.
Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi-2016 5-turi doirasidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Lahviya” uchrashuvi 20 aprel kuni “Bunyodkor” stadionida soat 19:00da boshlanadi.



