“Bunyodkor” – “Lahviya”. O'yinoldi matbuot anjumaniga taklif etamiz

Narzulla Saydullayev
14 mar 2015, 12:14
Xabaringiz bor, 17 mart kuni “Bunyodkor” o'z maydonida Qatar chempioni “Lahviya” jamoasini qabul qiladi.
16 mart kuni har ikkala jamoa bosh murabbiylari va bittadan yetakchi futbolchi o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etishib, OAV vakillari savollariga javob qaytarishadi. Dastavval, soat 17:40da “Lahviya” vakillari jurnalistlar bilan muloqotga kirishishsa, soat 18:20da “qaldirg'ochlar” matbuot anjumanida ishtirok etishadi.

Soat 17:00da “Bunyodkor”ning rasmiy mashg'uloti boshlansa, 18:00dan e'tiboran Mixail Laudrup boshchiligidagi “Lahviya” futbolchilari bir soatdan “Bunyodkor” stadionida shug'ullanishadi. Har ikkala rasmiy mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com