"Bunyodkor" kubok finaliga qanday yetib keldi?

Narzulla Saydullayev
25 sen 2013
Qarshining “Nasaf” klubi hal qiluvchi bahsga qay tariqa yetib kelgani haqida xabar berdik. Endi Toshkentning “Bunyodkor”ning bosib o'tgan yo'li haqida ma'lumot beramiz.
Amaldagi kubok sohibi “Bunyodkor” esa bu yil musobaqaga faqat chorak finaldan qo'shildi. Bu yil birinchi ligada ishtirok etayotgan “Mashal”ga qarshi kechgan ilk o'yinda “Bunyodkor” kutilmaganda o'z maydonida durang qayd etdi – 1:1. “Qaldirg'ochlar” birinchi bo'lib o'z darvozalaridan to'p o'tkazib yuborib so'ngra Bahodir Pardaevning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qolishgandi. Muborakdagi javob uchrashuvida esa Mirjalol Qosimov shogirdlari tajribani ishga solib g'alabaga erishishdi – 2:0. Oleg Zoteev va Oleksandr Pishur maydon egalari darvozasiga to'p kiritishgandi.

Yarim finalda esa “qaldirg'ochlar” poytaxtning yana bir klubi “Lokomotiv” bilan final yo'llanmasi uchun kurash olib bordi. “Jar” stadionida bo'lib o'tgan dastlabki o'yin Qosimov shogirdlari uchun juda og'ir boshlangandi. 20-daqiqaga kelib “temiryo'lchilar” 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan va finalga yaqin turishgandi. Biroq 82-daqiqada Igor Taran, bir daqiqa o'tgach Oleg Zoteev gol urib “qaldirg'ochlar”ni muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qolishgandi – 2:2. Javob bahs taqdirini esa Oleksandr Pishurning dubli hal qilgandi – 0:2. Shunday qilib “Bunyodkor” o'z tarixida oltinchi marta finalga yo'l oldi. “Bunyodkor” bungacha uch bor kubok sohibi bo'lgan, biroq ketma-ket ikki marta finallarda g'olib chiqa olmagan.


O'zbekiston kubogi. Chorak final. Dastlabki uchrashuvi. 25.06.2013
Bunyodkor (Toshkent) – Mashal (Muborak) 1:1
Gollar:
Jahongir Abdumo'minov 22 (0:1), Bahodir Pardaev 40 (1:1)
Bunyodkor: Zuxurov, Shorahmedov, Karimov, G'ofurov, Ibroximov, Pishur, L.To'raev (Musaev 71), Hasanov, S.Jo'raev (Blajich 29), Pardaev (Taran 53), Zoteev.
Ogohlantirishlar: J.Ibroximov 74 - Abdumo'minov 10, A'zamov 59, Shukurov 61, M.G'ofurov 66.

O'zbekiston kubogi. Chorak final. Javob uchrashuvi. 08.07.2013
Mashal (Muborak) – Bunyodkor (Toshkent) 0:2
Gol:
Oleg Zoteev 37 (0:1), Oleksandr Pishur 46 (0:2)
Bunyodkor:  Nesterov, Shorahmedov, X.Karimov, Blajich (Rahmatullaev 70), Ibroximov, Taran, Pishur, L.To'raev, Filiposyan, S.Jo'raev (G'ofurov 65), Zoteev (Rashidov 57)
Ogohlantirishlar: S.Jo'raev 45+3, SH.Shaymonov 48, X.Karimov 88

O'zbekiston kubogi. Yarim final. Dastlabki uchrashuvi. 30.07.2013
Bunyodkor (Toshkent) – Lokomotiv (Toshkent) 2:2 (0:2)
Gollar:
Xolmatov 11 (0:1), S.Abdullaev 20 (0:2), Taran 82 (1:2), Zoteev 83 (2:2).
Bunyodkor: Nesterov, Shorahmedov, X.Karimov, Blajich (Zoteev, 45), Ibroximov, Pishur, L.To'raev, Filiposyan, Hasanov (Rashidov 71), S.Jo'raev, A.Berdiev (Taran 63)
Ogohlantirishlar: L.To'raev 26, X.Karimov 69 - Jabborov 11, Bugalo.

O'zbekiston kubogi. Yarim final. Javob uchrashuvi. 21.08.2013
Lokomotiv (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent) 0:2
Gollar
: Pishur 54 (0:1),  Oleksandr Pishur 65 (0:2)
Bunyodkor:  Zuxurov, Shorahmedov, X.Karimov, D.Jo'raev, G'ofurov, Blajich (Ibroximov, 90+2), Pishur (A.Berdiev, 88), L.To'raev,  Filiposyan, Hasanov, Zoteev (Rahmatullaev, 79).
Ogohlantirishlar: Onika 19, To'xtaxo'jaev 90+2 - Filiposyan 20, Pishur 48.


Narzulla Saydullaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia