"Bunyodkor" klub tasischilari ishtirokida navbatdan tashqari umumiy yig'ilish o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2019, 02:43
Bugun bosh murabbiy tanishtiruv marosimi yakuniga etgach, "Bunyodkor" klubi majlislar zalida klub tasischilari ishtirokida navbatdan tashqari umumiy yig'ilish o'tkazildi.

Ma'lumot o'rnida shuni ta'kidlab o'tish lozimki, "O'ztransgaz", "Neftgazmontaj", "Ko'kdumaloqgaz", "Gissarneftgaz", "O'zneftmahsulot" kompaniyalari "Bunyodkor"  klubi tasischilari hisoblanadi.

Ushbu tasischi kompaniya rahbarlari qatnashgan navbatdan tashqari yig'ilishda  "Bunyodkor" jamoasi bosh direktor vazifasini bajaruvchi lavozimiga Ulug'bek Mirzaevning rasmiy tayinlanish marosimi o'tkazildi. Barcha tasischi kompaniyalar tomonidan U.Mirzaevning tayinlanganligi bir ovozdan maqullandi. Shuningdek, yig'ilishda "Bunyodkor" futbol klubiga oid boshqa tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi va muhokama qilindi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com