

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini taminlash maqsadida Bunyodkor FK MCHJ ustav kapitalidagi O'zbekneftgaz AJ, O'ztransgaz AJ, Gissarneftgaz MCHJ, Ko'kdumaloqgaz MCHJ QQ, Neftgazmontaj MCHJlarga tegishli ulushlar topshirish-qabul qilish dalolatnomalarga asosan O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazilgan.
Shunga ko'ra hamda tasischi o'zgarishi munosabati bilan 2020 yil 7 avgustda Bunyodkor FK MCHJ yagona tasischisining qarori qabul qilindi.
Bunyodkor FK mas'uliyati cheklangan jamiyati yagona tasischisining 1-sonli
QARORI
2020 yil 7 avgust Toshkent shahri
Ushbu qaror O'zbekiston Respublikasi Mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risidagi Qonunning 37-moddasiga asosan quyidagi masalalar yuzasidan qabul qilindi:
1. Bunyodkor FK MCHJning direktorini lavozimidan ozod etish to'g'risida.
2. Bunyodkor FK MCHJga direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash to'g'risida.
3. Bunyodkor FK MCHJning yangi tahrirdagi tasis hujjatlarini tasdiqlash.
Kun tartibidagi birinchi va ikkinchi masalalar yuzasidan:
O'zbekiston Respublikasi Mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risidagi Qonunning 30-moddasiga asosan jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish jamiyat ishtirokchilarini umumiy yig'ilishini mutlaq vakolatlari jumlasiga kirishi belgilangan.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi PQ-4112-son qaroriga muvofiq xo'jalik jamiyatlarining ijro organi (rahbar va rahbar o'rinbosarlari) tanlov asosida yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislar orasidan tanlab olinishi belgilangan.
Kun tartibidagi birinchi va ikkinchi masalalar yuzasidan quyidagicha qaror qabul qilindi:
1. Bunyodkor FK mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori Mirzaev Ulug'bek Abdusattorovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2020 yil 10 avgustdan bekor qilinsin.
2. Bunyodkor FK MCHJda tijorat direktori va licenziyalash bo'yicha menejer lavozimida ishlab kelayotgan Ayniddin Giyasov Kutpiddinovichga Bunyodkor FK MCHJning direktori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilsin.
O'zbekiston Respublikasi
Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi direktori S.Bekenov



