"Bunyodkor" ertaga yangi futbolchilarni tanishtiradi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2018, 15:00
Ertaga mamlakatimizda yangi formatdagi Superliga musobaqalariga start beriladi.

Uning doirasida Toshkentning “Bunyodkor” klubi 3 mart kuni Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi. Mavsum boshlanishidan avval, yani 1 mart kuni “Bunyodkor” FK ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashadi. Unda klub bosh direktori Murodjon Aliev va bosh murabbiy Mirjalol Qosimov jurnalistlarni qiziqtirga savollarga javob berishadi, uchrashuv yakunida esa yangi “qaldirg'ochlar”ni tanishtirish marosimi o'tkaziladi.

Marosimga barcha sport jurnalistlarini taklif qilamiz. Tadbir "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida, soat 15:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com