“Bunyodkor” Dubayda Rossiyaning uchta klubiga qarshi o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2016, 11:21
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 16-30 yanvar kunlari BAAning Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.

Ushbu yig'in doirasida “qaldirg'ochlar” bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirishgan.

Mavsumoldi tayyorgarliklar jarayonidagi sparring raqiblarimiz kuchli jamoalardan iborat bo'lishi uchun muzokaralar olib borilmoqda. Hozircha 20, 22, 23 va 25 yanvar kunlariga mo'ljallangan uchrashuvlardagi to'rtta raqibimiz ma'lum. Rossiya premer ligasi vakillari – “Anji” (Mahachqala), “Amkar” (Perm), “Lokomotiv” (Moskva) va Janubiy Koreyaning 2015 yildagi chempioni “Chonbuk Motors” jamoalari bilan kelishuv tasdiqlandi. Shuningdek, hozirda 27 va 29 yanvar kunlariga Xitoy va Janubiy Koreya mamlakatlarining yetakchi klublari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

"Bunyodkor" klubi matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia