"Bunyodkor" darvozaboni legionerga aylandi

Iskandarov Abdulaziz
11 fev 2025, 07:30
Xabaringiz bor, qishki transfer oynasida "Bunyodkor"ni bir necha nafar futbolchilar tark etgan edi.

"Qaldirg'ochlar" bilan xayrlashgan darvozabon Jasur Umrzoqov faoliyatini Qirg'iz Respublikasining "OshMU" jamoasi bilan bog'lashga qaror qildi. Klub kuni kecha rasman o'zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 

Bu jamoada o'zbekistonliklardan Otabek Mo'minov, Ismoiljon Oxunjonov, Rustam Qo'chqorov, Maradona Safarov, Xushnud Bozorov, Shoxruhbek Muratov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov kabi futbolchilar to'p tepadi. Jamoani tajribali murabbiy Aleksandr Beldinov boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia