"Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvi oliy liga tarixidan joy oladi

Narzulla Saydullayev
15 noya 2017, 17:53
Oliy liganing 29-turida "Bunyodkor" o'z uyida "Buxoro"ni qabul qiladi.

Mazkur o'yinda oliy liga tarixida birinchi bor darvoza ortidagi hakamlar ishlashadi.

Uchrashuvni FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Darvoza ortida Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev ishlashadi.

Zaxira hakami Jasur Muxtorov bo'ladi.

Ma'lumot uchun, 25 noyabr kuni Ravshan Ermatov boshchiligidagi ushbu brigada OCHL-2017 finalida ishlaydi va "Bunyodkor" - "Buxoro" o'yini final uchun o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.


“Bunyodkor” (Toshkent) – “Buxoro” (Buxoro)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), V. Kovalenko, I. Tantashev, J. Muxtorov.
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
PFL vakili: V. Shtern


Eslatib o'tamiz, bunga qadar O'zbekiston birinchi ligasi va mamlakat kubogi doirasida darvoza ortidagi hakamlar ishlashgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia