
Sergey Lushan boshchiligidagi jamoa bugun BAAda mahalliy "Al-Shaab" klubiga qarshi yig'indagi ilk nazorat o'yinini o'tkazadi. Bu haqda "qaldirg'ochlar"ning "tvitter"dagi sahifasi e'lon qildi.
Uchrashuv "Al Shaab" uy stadioni bo'lgan "Xolid Bin Muhammad" arenasida Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.