“Bunyodkor” birinchi yig'inni yakunladi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2015, 15:38
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 14-28 dekabr kunlariga mo'ljallangan mavsumoldi o'quv mashg'ulot yig'ini yakunladi.

Bugun “qaldirg'ochlar” 2015 yildagi eng so'nggi tayyorgarliklari doirasida ikki tarkibga bo'lingan holda uchrashuv o'tkazdi.

Umuman olganda, ikki hafta davom etgan mashg'ulotlarda asosan futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga e'tibor qaratildi. Shuningdek, tarkibda shug'ullanganlar jismoniy yuklamalar ham qabul qilib olishdi.

Endi futbolchilarga yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa muddatli tatil e'lon qilindi.

“Bunyodkor” vakillari 3 yanvar kuni yana yig'ilib, mashg'ulotlarni davom ettirishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com