

Talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi. Dastavval talabalarga “Bunyodkor” jamoasi haqida to'liq ma'lumot berildi. Talabalar klubning tarixidan tortib, bugungi kunigacha bo'lgan barcha ma'lumotlardan voqif bo'lishdi. Bosh murabbiy jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi haqida gapirib o'tdi. Shundan so'ng talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Uchrashuv yakunida institut bilan “Bunyodkor” futbol klubining o'zaro hamkorligi shu bilan to'xtab qolmasligi aytildi va o'zaro rejalar muhokama qilindi. “Bunyodkor” futbol klubi institut muzeyi uchun bir qator estaliklar taqdim qildi. Xususan, futbolchilarning dastxati tushirilgan to'p, sharf, futbolka va shu kabi suvenirlar.
Ma'lum bo'lishicha, institut talabalaridan iborat jamoa shahardagi oliygoh jamoalari orasida yetakchilaridan biri ekan. Aynan talabalarning iltimos-taklifiga ko'ra, “Bunyodkor” bilan institut jamoasi o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi kelishib olindi.



