"Bunyodkor" "Al-Shabab"ni tor-mor etdi

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi BAAdagi yig'in doirasida Aziz Haydarov harakat qiladigan "Al-Shabab" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.
Uchrashuvda "qaldirg'ochlar" yirik hisobda g'alaba qozonishgan. Bu haqda "Bunyodkor" klubi rasmiy tvitteri ma'lum qildi.

O'rtoqlik o'yini.

"Al-Shabab" - "Bunyodkor" 0:5

Gollar
: Temur Ayupov (11), Anvar Berdiev (23), Eldor Shomurodov (56, 78), Mirzohid G'ofurov (84).

"Bunyodkor": A.Muhammedov, Asqarov, Kapadze, Ashurmatov, Komilov, D.Jo'raev, M.qosimov, Shukurov, Ayupov, O'rinboev, Berdiev.

Manba: championat.asia