“Bunyodkor” – AGMK uchrashuvida muxlislarni sovg'alar kutmoqda

Narzulla Saydullayev
28 sen 2018
O'zbekiston kubogi o'zining eng qizg'in pallasiga kirdi.

Bugun va ertaga kubok bahslarining yarim final o'yinlari o'tkaziladi. 28 sentyabr (juma) kuni “Bunyodkor” o'z maydonida AGMK jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv “Milliy” stadionda soat 18:30da boshlanadi.

Shu kuni stadionga kelgan tomoshabinlarni “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan ularga tuhfa etiladigan futbol koptoklari kutmoqda.

“Bunyodkor” - AGMK uchrashuviga kirish chiptalari narxi – 10.000 so'm. CIP toifa chiptalar esa – 20.000 so'm. Chiptalarni stadion kassalaridan sotib olishingiz mumkin.

Barcha futbol ixlosmandlarini 28 sentyabr kuni stadionimizga chorlab qolamiz!

“Bunyodkor” MUXLISLAR UCHUN o'ynaydi!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia