“Bunyodkor-A” finalda!

24 sen 2015, 23:29
Zokir Qurbonov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilinayotgan turnirning yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.


Unda “Bunyodkor-A” Chilonzor stadionida “Lokomotiv” bilan final yo'llanmasi uchun bellashdi.

Uchrashuvda ustunlik “Bunyodkor-A” tomonida bo'lsada, o'z darvozasidan birinchi bo'lib to'p o'tkazib yubordi. Ammo jamoamiz iroda ko'rsatib birinchi bo'limning o'zidayoq muvozanatni tikladi – 1:1. Tanaffusdan keyin tomonlar gol ura olishmadi va g'olib penaltilar seriasida aniqlandi.

“Lotoreya”da tomonlar darvozalarga 14tadan zarbalar berishdi. 11 metrlik zarbalarda “omadli chipta” bunyodkorchilarga nasib etdi – 6:5. Shu tariqa, “Bunyodkor-A” final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

“Chilonzor” stadioni. 10:00. "Bunyodkor-A” – “Lokomotiv” 1:1 (1:1)
Bunyodkorchilardan gol muallifi: Konstantin Usov

Eslatib o'tamiz, futbol klublari tarbiyalanuvchilari o'rtasida Toshkent shahar birinchiligi doirasida ham ushbu ikki jamoa o'zaro kuch sinashishgan va unda “Bunyodkor-A” raqibini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Ikkinchi yarim finalda “Paxtakor” raqibi “Nasaf”dan ustun keldi.

Final va 3-o'rin uchun uchrashuvlar 25 sentyabr kuni O'FF suniy qoplamali maydonida bo'lib o'tadi.

3-o'rin uchun bahs. 10:00. “Nasaf” – “Lokomotiv”
Final. 11:00. “Bunyodkor-A” – “Paxtakor”

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbunyodkor.com