“Bunyodkor-99” - Toshkent shahar chempioni!

Narzulla Saydullayev
23 noya 2015
1999 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi Toshkent shahar birinchiligi o'z nihoyasiga etdi.

Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan bolalar va o'smirlar o'rtasida anaviy tarzda o'tkaziladigan birinchilik bahslarining joriy yilgisi sekin-asta o'z yakuniga yetib bormoqda. Beshta yosh toifasida o'tkazilayotgan turnirning 1999 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat guruhi finishga yetib keldi.

Qiziqarli va murosasiz o'tgan bahslarda Dilmurod Abdullaev ustozligidagi “Bunyodkor-99” futbolchilari birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. E'tiborlisi, yakuniy jadvalga ko'ra, “Bunyodkor” va “Spartak” tarbiyalanuvchilarining ochkolari soni bir xil – 33tadanni tashkil etdi. O'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra, “qaldirg'ochlar” g'olib deb topildilar. Dilmurod Abdullaev shogirdlari “Spartak”ni uyda 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan bo'lsa, safada jangavor durang – 2:2 hisobi qayd etildi.

Shu tariqa, “Bunyodkor” birinchi, “Spartak” ikkinchi va “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari uchinchi bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda "Bunyodkor-99" futbolchilari oliy va birinchi liga klublarining tayyorlov guruhlari o'rtasidagi Respublika birinchiligida ham bosh sovrinni qo'lga kiritishgan edi.

“Bunyodkor-99” murabbiylari va futbolchilarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.


Yakuniy jadval

#      
Jamoa

O'

YU

D   

M   

T-F

O

1

“Bunyodkor-A”     

14   

10    

3

1

38-15   

33   

2

“Spartak”

14

10

3

1

23-8

33

3

“Paxtakor”

14

10

2

2

29-10

32

4

“Bunyodkor-B”

14

5

1

8

14-23

16

5

BO'SM-16

13

4

2

7

12-25

14

6

“Lokomotiv”

13

3

4

6

8-16

13

7

ROZK

11

2

1

8

7-16

7

8

SHSFMI-1

11

1

0

10

8-26

3



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com