

Qiziqarli kechgan o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanladi (2:2). Shu tariqa "qaldirg'ochlar" 8 yildan so'ng Namanganda ochko qo'lga kiritishni uddasidan chiqdi. "Bunyodkor" oxirgi marotaba 2016 yil Sergey Lushchan bosh murabbiyligida "lochinlar"ni safarda taslim qilgan va 3 ochkoga ega bo'lgandi (3:1). Keyingi 6 ta uchrashuvning barchasida mezbonlar g'alabani o'ziniki qilgan.



