"Bunyodkor-2002" Xitoyda ikkita o'yinda 23ta gol urdi!

Narzulla Saydullayev
16 avg 2017, 10:26
"Bunyodkor” futbol maktabining 2002 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari Xitoyda o'tayotgan “Gothia Cup 2017” musobaqasida ishtirok etishmoqda.

Jamoa ilk uchrashuvini Pokistonning “Mehran” futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga qarshi o'tkazib, yirik 10:0 hisobida zafar quchgani haqida xabar bergandik.

“Bunyodkor-2002” turnirning ikkinchi turida Yaponiyaning “Puebla” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan kuch sinashdi va raqib darvozasga javobsiz 13ta gol urdi!

Ikkita turdan so'ng "Bunyodkor" 6 ochko bilan guruhda peshqadam bo'lib turibdi. Uchinchi turni jamoa Xitoyning "Urumchi 117" klubiga qarshi o'tkazadi. Bu klub ham dastlaki ikki turda yirik g'alabalarga erishdi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia