Bundesligani titratayotgan yigit bugun 19 yoshga to'ldi
25 mar 2019, 22:22
Angliya terma jamoasi a'zosi Jeydon Sancho bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Sancho Bundesligada Dortmundning "Borussiya" klubi safida ko'ringan ilk ingliz futbolchi sanaladi. Joriy mavsum 4 ta musobaqada 47 uchrashuvda maydonga tushgan Jeydon 18 ta assist muallifi va 10 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.