Bundesligadan YCHLga yo'l olgan 4-jamoa nomi ham ma'lum (+turnir jadvali va to'purarlar)

Eldor Akmurzayev
17 may 2021, 01:25
Musobaqa 33-turidan o'rin olgan oxirgi “Leyptsig” – “Volfsburg” bahsida jangovar durang qayd etildi – 2:2.

Shu tariqa, Chempionlar Ligasi 2021/22 yilgi mavsumida Bundesliga nomidan qatnashadigan jamoalar ma'lum bo'ldi: “Bavariya” (chempion), “Leyptsig”, “Borussiya D” hamda “Volfsburg”.

5-6 o'rinlarni egallagan “Ayntraxt” va “Bayer” esa Yevropa Ligasida qatnashadi.

"RB Leyptsig" – "Volfsburg" 2:2 

"Red Bull Arena Leyptsig"

Gollar: 0:1 – 12 Filipp, 0:2 – 45 Filipp, 1:2 – 51 Klyuyvert, 2:2 – 78, penalti Zabitcer.

"RB Leyptsig" – Gulachi, Orban, Klostermann, Konate (Upamekano, 63), Xenrixs (Anxelino, 46), Laymer (Aydara, 46), Zabitcer, Nkunku, Forsberg (Kampl, 87), Poulsen, Klyuyvert (Xvan Xi Chxan, 70).

"Volfsburg" – Kastels, Mbabu, Bruks, Lakrua, Paulo Otavio, Arnold, Gerxardt, Shlager, Filipp (Gilavogi, 79), Baku (Russiyon, 90), Vegorst.

Ogohlantirishlar: Xenrixs (20), Konate (36), Zabitcer (45), Mbabu (52), Arnold (60), Baku (86).

TURNIR JADVALI

TO'PURARLAR RO'YXATI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia