

Qayd etilishicha, "Sabina" deb nomlangan to'fon o'yin vaqtida Menxengladbaxgacha yetib bormasligi ham mumkin. Ammo o'yin yakunlanguniga qadar to'fon ushbu shahar tomon harakatlanadi. Shu boisdan tashkilotchilar o'yinni qoldirishni maqul ko'rishdi. O'yin bo'lgan taqdirda ko'chadagi muxlislarning xavfsizligiga hech kim javob bera olmaydi.
Ushbu qarorning qabul qilinishida ob-havo ma'lumotlari va sinoptiklarning qayd etgan xabarlari muhim rol o'ynadi.
Hozircha o'yinning qachon o'tishi aniq emas.



