Bundesligada o'ynagan osiyolik: Cha Bum Kun

Xayrulla Xoliqov
16 may 2020, 13:01
Bugun Germaniya Bundesligasi 26-tur bahslariga start beriladi.

Shu munosabat bilan ushbu chempionatda o'ynab o'zini ko'rsatgan osiyolik futbolchilarni yodga olamiz. Demak, bu borada birinchi futbolchi janubiy koreyalik Cha Bum Kun. 

Cha Bum Kun - mashhur koreyalik himoyachi Cha Du Rining otasi. U 1978-1989 yillar oralig'ida Germaniya chempionatida o'ynab jami 98ta gol urgan. Faoliyati davomida "Darmshtadt 98", "Ayntraxt" va "Bayer" klublari sharafini himoya qilgan. 

O'z davrining mohir hujumchisi bo'lgan Cha Bum Kun "Ayntraxt" (1979/80) va "Bayer" (1987/88) safida UEFA Kubogini qo'lga kiritgan. Shuningdek 1980/81 yilgi mavsumda Germaniya Kubogida zafar quchgan. 

Cha Bum Kun milliy terma jamoada 58ta gol urgan. U Bundesligada o'ynagan dastlabki koreyalik futbolchi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia