Bundesliga. To'purarlik poygasida yana o'sha forvardlar yetakchi

Aslanov Jasurbek
2 okt 2017, 12:27
Kecha Bundesliganing 7-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Nemis grandi "Bavariya" bu turda "Gerta" mehmoni bo'ldi. Berlinda kechgan bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi, ammo myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi.

Dortmundning "Borussiya" klubi 7-turda "Augsburg" mehmoniga aylandi va 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. O'tgan mavsum Bundesliga to'purari sovrinini qo'lga kiritgan Per-Emerik Obameyyang bir nechta qo'lay vaziyatdan unumli foydalana olmadi va futbolchi uchrashuvni golsiz yakunladi. Shunga qaramasdan u hozircha Germaniya chempionati to'purarlari ro'yxatida yetakchilardan biri bo'lib turibdi.

To'purarlar ro'yxati bilan tanishing:


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia