

1-taymda mezbonlar forvardi Robert Levandovski raqib darvozasini uch bor ishg'ol etishga erishdi. Polshalik turnirdagi xet-triklari sonini 13 taga etkazib, ushbu natija bo'yicha 2-o'ringa ko'tarildi. U Mario Gomes va Klaus Fisherni quvib o'tdi.
Xet-triklar borasida Bundesliga yetakchisi esa Gerd Myuller hisoblanadi – 32 ta.
Shuningdek, 32 yoshli forvard joriy mavsum chempionatning 25 o'yinida 35 ta gol urib, o'z shaxsiy rekordini ham yangiladi.



