Bundesliga klublari qishki yig'inni qayerda o'tkazadi?

Aslanov Jasurbek
23 dek 2015, 16:43
Bundesliga klublari qishki yig'inni qayerda o'tkazishi ma'lum bo'ldi.

Bu haqda liganing "tvitter"dagi sahifasi e'lon qildi.

Menxengladbaxning "Borussiya" klubi, "Augsburg", "Gamburg", "Gannover", "Gerta", "Shtutgart", "Verder" jamoalari qishki yig'inni Turkiyaning Belek shahrida, "Darmshtadt" esa Antaliyada o'tkazadi. "Ayntraxt" va Dortmundning "Borussiya"si BAAga yo'l oladi. "Shalke-04" va "Bayer" klubi joriy mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni AQSHda davom ettiradi. "Volfsburg" Lagosda (Portugaliya), "Maync" esa Marbellada (Ispaniya) mashg'ulotlar o'tkazadi. Germaniyaning amaldagi chempioni "Bavariya" esa yanvar oyida Qatar poytaxti Dohada shug'ullanadi. Aynan usha vaqtda O'zbekiston U22 terma jamoasi Rio-2016 Olimpiada yo'llanmasi uchun Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://twitter.com/@Bundesliga_EN