Bundesliga klubiga yangi murabbiy tayinlandi

Eldor Akmurzayev
9 apr 2020, 20:18
Germaniyalik mutaxassis Bruno Labbadia “Gerta”ning yangi bosh murabbiyi bo'ldi.

Taxminlarga ko'ra, Labbadia bilan shartnoma 2022 yilga qadar imzolangan. 54 yoshli murabbiy vaqtinchalik ushbu lavozimda ishlagan Aleksandr Nurining o'rnini egalladi. Nuri esa Yurgen Klinsmanning iste'fosidan so'ng, “Gerta”ni boshqarayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, gertaliklar Bundesliga 25 turidan keyin, 28 ochko to'plagan holda 13-pog'onada borishmoqda.

Bruno Labbadia so'nggi ish joyi esa "Volfsburg" (2018/19) bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: herthabsc.de