Bundesliga. Bugun 2021/22 yilgi mavsum o'z nihoyasiga etadi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
14 may 2022, 08:40
Avvalroq, “Bavariya”, “Borussiya D” hamda “Baer” kuchli uchlikda qolishi aniq bo'lib ulgurgandi.

Myunxenliklar qatorasiga 10-marotaba va o'z tarixida 32-bora Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi.

“RB Leyptsig”, “Frayburg”, “Union Berlin” hamda “Kyoln” evrokuboklarga yo'l olishi aniq, ammo ular 2021/22 yilgi mavsumni aynan qaysi musobaqada boshlashi esa bugun ma'lum bo'ladi.

“Groyter Fyurt” quyi divizionga muddatidan oldin tushib ketgan va oxirgi turni shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkazadi. Bundesliga 2'ga yo'l oluvchi yana bir jamoa ham o'tish o'yinida qatnashadigan ishtirokchi nomi ham bugungi parallel o'tadigan uchrashuvlardan keyin ma'lum bo'ladi.

Avvalroq, “Shalke 04” yuqori divizionga qaytgani haqida xabar bergandik.

Demak, 34-tur taqvimi bilan tanishing:

MUSOBAQA JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia