Bundesliga. "Borussiya M"da g'alaba, "Bavariya bugun o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
5 noya 2022, 07:33
Bundesliganing 13-tur o'yinlari "Borussiya M" hamda "Shtutgart" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bilan start oldi.

Unda mezbonlar 3:1 hisobida g'alabaga erishishdi. 

Tur doirasida "Bavariya" bugun safarda "Gerta"ga qarshi o'ynaydi. Ayni paytda liga yetakchisi bo'lib turgan "Union" esa ertaga "Bayer" mehmoni bo'ladi. 

Borussiya M – Shtutgart 3:1 

Gollar: 1:0 – 4 Xofmann, 2:0 – 25 Tyuram, 2:1 – 35 Tiagu Tomash, 3:1 – 90 Xerrmann.

Borussiya M – Zippel, Skalli, Yanchke (Shtindl, 80), Fridrix, Bensebayni, Kramer, Xofmann (Xerrmann, 90), Vaygl, Kone, Plea (Netc, 87), Tyuram.

Shtutgart – Myuller, Shtencel (Vagnoman, 68), Anton, Mavropanos, Sosa, Fyurix (Perea, 84), Endo, Axamada (Egloff, 88), Tiagu Tomash, Girassi, Pfayffer (Mvumpa, 68).

Ogohlantirishlar: Bensebayni (17), Mavropanos (73), Tyuram (88).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia