Bundesliga. "Borussiya D" tayyor g'alabani qo'ldan chiqarib, chempionlik uchun imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi

Eldor Akmurzayev
4 may 2019, 23:35
Germaniya chempionatining 32-turida Borussiya D safarda Verder bilan uchrashdi.

Garchand arilar birinchi bo'limda ikkita to'p farqi bilan oldinga o'tib olgan bo'lsa ham keying taymda mezbonlar vaziyatni o'nglab hisobni 2:2 ko'rinishiga olib keldi. Shu tariqa, Lyusen Favr shogirdlari chempionlik uchun imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi.

Verder – Borussiya D 2:2 (0:2, 2:0)

Vezershtadion stadioni.

Gollar: 0:1 – 6 Pulishich, 0:2 – 41 Pako Alkaser, 1:2 – 70 Mevald, 2:2 – 75 Pisarro.

Verder – Pavlenka, Fridl, Velkovich, Langkamp, Augustinsson, Shaxin (Mevald, 60), Eggeshtayn, Klassen, Rashica, Kruze, Osako (Pisarro, 60).

Borussiya D – Byurki, Diallo (Filipp, 90), Akandji, Gerreyru, Vaygl, Sancho, Pulishich, Dileyni (Daud, 83), Getce (Bruun Larsen, 83), Vitcel, Pako Alkaser.

Ogohlantirishlar: Klassen (33), Fridl (39), Vaygl (80).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia