Bundesliga. "Bavariya"da g'alaba, "Borussiya Dortmund"da durang, "Bayer"da esa mag'lubiyat

Alisher Ostonov
22 fev 2026, 00:52
Germaniya Bundesligasi 23-tur doirasidagi bir nechta o'yinlar bo'lib o'tdi.

"Bavariya" "Ayntraxt"ga qarshi o'yinda 3:0 hisobini qayd eta turib, yakunda ikkita to'p o'tkazib yubordi. "RB Leyptsig" va "Borussiya Dortmund" jamoalari esa jangovar durang qayd etishdi. "Arilar" iroda namoyish etgan holda 90+5 daqiqada gol urib, durang qayd etishdi. "Bayer" esa muhim o'yinda "Union Berlin"ga taslim bo'ldi. O'yindagi g'alaba golini 28-daqiqada Rani Xedira urdi.

"Bavariya" 23 o'yindan so'ng 60 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda. Dortmundliklar esa 8 ochko kam jamg'argan holda ikkinchi o'ringa joylashgan. 







O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia