Bunaqasini ko'rmagansiz! Futbolchi golni mashinada nishonladi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2018, 13:59
"Oriente Petrolero" hamda "Universitario" o'rtasidagi Libertadores Kubogining saralash bosqichidagi ilk uchrashuvida ajoyib voqea yuz berdi.

Ushbu uchrashuvda mezbon klub - boliviyaliklar 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ikkinchi bo'limning 79-daqiqasida "TANK" laqabli Maksimiliano Freytas zaxiradan maydonga tushdi va bir daqiqa o'tar-o'tmas raqib darvozasiga jamoaning ikkinchi golini kiritdi. TANK golni nishonlash uchun darvoza ortidagi mashina tomon yugurdi va jamoadoshlari bilan bayramni o'sha yerda uyushtirishdi. Xuddi shunday nishonlashni bir necha yil avval "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann amalga oshirgan edi, biroq o'sha paytda futbolchi "Real Sosedad" sharafini himoya qilgan.

TAS-IX emas

Ko'chirib olish (skachat)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia