Bukayo Saka "Arsenal"ning sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Administrator
11 okt 2023, 21:42
Futbolchi bu oyda 3 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

"Arsenal" klubi vingeri Bukayo Saka klubning sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Muxlislar tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada vinger 36% ovoz bilan g'olib bo'ldi. Ushbu so'rovnomada Sakadan tashqari  Martin Edegor, Leandro Trossard va Vilyam Saliba ham qatnashdi.

Ma'lumot uchun, Saka sentyabr oyida 5 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: arsenal.com