

Gonkongga qarshi dastlabki uchrashuvdagi g'alaba bilan barchani tabriklayman va futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Raqib haqida biron nima deya olmayman, chunki bor e'tiborimni o'z o'yinimizni shaklantirishga qaratganmiz. Ushbu terma jamoaga qarshi yana bir muhim uchrashuvda maydonga tushamiz. Umid qilamanki, bu safargi bahsda ham dastlabki o'yindagi kabi ishonchli harakat qilib, g'alaba qozonamiz, - dedi terma jamoamiz ustozi.



