Bugun Superligada uchta o'yin o'tkaziladi

Aziz Tukhtamuradov
2 apr 2021
Bugun, 2 aprel kuni O'zbekiston Superligasi doirasida uchta uchrashuv tashkil etiladi.

O'yinlarning dastlabkisi Qo'qonda "Qo'qon-1912" va "Bunyodkor" jamoalari o'rtasida o'tkaziladi. 

Keyin esa "Paxtakor" "Metallurg"ni qabul qilsa, AGMK "Navbahor" bilan bahs o'tkazadi. 


QO'QON-1912 – BUNYODKOR

Boshlanish vaqti: 16:15 (Sport TV)

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Abdurashid Xudoyberganov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Shohruh Said

Bu jamoalar hozirga qadar 12 marta to'qnash kelishgan. Katta ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida. 8ta uchrashuvda "Bunyodkor" zafar quchgan, "Qo'qon-1912" hisobida 4ta o'yinda yutgan. Yani bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda hech qachon durang qayd etilmagan. 

Qo'qonda o'tgan oxirgi 3ta o'yinning barchasida maydon egalari g'alabaga erishishgan. 


PAXTAKOR – METALLURG (Dunyo bo'ylab)

Boshlanish vaqti: 18:15

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Daler Tilloev, Shohnur Yo'ldoshev, To'rabek Suyunov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Aleksandr Davidenko

Ushbu klublar o'rtasidagi 48ta o'yinning 40tasida poytaxt klubi g'olib bo'lgan. 4ta uchrashuvda Bekobod klubi zafar quchgan bo'lsa yana 4ta bahsda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. Bu o'yinlarda “sherlar” 128ta gol urishgan va 36ta gol o'tkazib yuborishgan.

O'zaro o'yinlarning oxirgi 10tasida "Paxtakor" 10 marta g'alabaga erishgan. So'nggi bor "Metallurg" 2016 yilgi mavsumda "sherlar"ni mag'lub etgan edi.

O'tgan mavsum har ikkala o'zaro bahsda ham Shota Arveladze boshchiligidagi jamoa yirik hisoblarida g'olib bo'lgan. Bekobodda 3:0, Toshkentda 4:1. "Paxtakor"da bir necha yil davomida ishlagan Jasur Abduraimov "Metallurg" bosh murabbiyi sifatida sobiq klubiga qarshi. 


AGMK – NAVBAHOR (Sport TV)

Boshlanish vaqti: 18:15

Hakamlar: Akobirxo'ja Shukurullaev, Timur Galeev, Doniyor Saylavov, Akmaljon Rahimov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

VAR assistentlari: Aleksandr Sidorov, Timur Gaynulin

VAR nazoratchisi: Farhod Abdullaev

VAR operatori: Jahongir Saidov

Texnis mutaxassis: Otabek Sodiqov

Komissar: Laziz Qo'chqorov

Mazkur klublar O'zbekiston chempionati doirasida 26 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 11 bor AGMK, 7 bor "Navbahor" 3 ochkoni qo'lga kiritgan. Qolgan 8ta uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan.

O'tgan mavsumda ikkala o'yin ham durang bilan tugagan. Namanganda 0:0, AGMK maydonida 1:1. AGMK mezbonligida o'tgan oxirgi 3ta uchrashuvda "Navbahor" mag'lub bo'lmagan - 1 g'alaba, 2 durang.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia