Bugun Superliga ikkinchi bosqichiga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2018, 11:32
Siz-u bizga shiddatli to'qnashuvlar taqdim etayotgan Superliga bahslarida dastlabki bosqich yakunlanganidan xabaringiz bor.

Endi jamoalar 6 tadan 2 ta guruhga ajratiladi. Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalik Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi.  
 
Bugun poytaxtimizdagi “Milliy stadion”da Superliga ikkinchi bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Sport telekanali qur'a marosimini soat 21:45dan boshlab jonli efirda translyatsiya qiladi. Qur'aning o'zi soat 22:00da start oladi. Unga qadar har bir jamoa bosh murabbiyi hamda sardori maxsus hududda mavsumning dastlabki qismi qanday o'tgani hamda ikkinchi bosqichdan nimalar kutayotgani haqda intervyu beradi.
 
Qur'a jarayoni yuqori darajada o'tishiga katta tayyorgarlik olib borilmoqda. Unda bir qator taniqli futbol mutaxassislari ham ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif