Bugun "Shalke-04" - "Krasnodar". "Shaharliklar" o'yin oldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazishdi

Tolibjon Qosimov
3 noya 2016, 11:25
Bugun hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepayotgan "Krasnodar" jamoasi Yevropa ligasi doirasida Germaniyada "Shalke-04" mehmoni bo'ladi.

Kecha "Krasnodar" o'yin bo'lib o'tadigan "Feltins Arena" stadionida uchrashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi. Unda Odil Ahmedov to'liq ishtirok etdi. Quyida Igor Shalimov shogirdlarining mashg'ulotidan fotolarni tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, ikki hafta oldin Krasnodarda o'tkazilgan bahs nemislarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia