Bugun Sardor Rashidov jamoasi Fabiu Koentrau o'ynayotgan klub bilan to'qnash keladi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2019, 10:13
Bugun Portugaliya chempionatinig 26-turi davom ettiriladi.

Hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyat olib borayotgan "Nasonal" klubi "Riu Avi"ni qabul qiladi. Mehmon jamoa safida o'z vaqtida "Real Madrid"da o'ynagan Fabiu Koentrau harakat qiladi.

Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi.

Taqqoslash uchun, "Nasonal" Portugaliya chempionati turnir jadvalining 14-pog'onasida ketayotgan bo'lsa, "Riu Avi" 10-o'rindan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia