

Unga ko'ra, xorijda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtlarimiz navbatdagi tur bahslarida ishtirok etishi kutilmoqda. Xususan, 14:00da Qozog'iston Premer-ligasi 4-turi doirasida Igor Sergeev to'p tepadigan "Tobol" jamoasi safarda "Jetisu"ga qarshi maydonga tushadi.
18:00dan e'tiboran esa Bobir Abdixoliqov hamda Shahboz Umarov faoliyatini davom ettirayotgan "Ordabasi" jamoasi "Astana" mehmoni bo'ladi.
Rossiyaning ikkinchi divizioni hisoblanadigan FNLda ham o'yinlar boshlanmoqda. 25-tur doirasida Husayn Norchaev o'ynayotan "Alaniya" jamoasi "KAMAZ" maydoniga safar uyushtiradi.
Abduqodir Husanov harakat qilayotgan "Energetik-BGU" ham bugun safarda o'ynaydi. Raqib - BATE jamoasi. Uchrashuv 22:00da start oladi.



