Bugun O'zbekiston Urugvayga qarshi o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
22 mar 2019
Kecha Xitoyda "China Cup-2019" xalqaro turniri start oldi.

Musobaqaning birinchi yarim final o'yinida Xitoy terma jamoasi Tailandga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida yutqazdi.

Bugun turnirning ikkinchi yarim finalida O'zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 16:35da Nanning shahridagi "Guanxi Sports Centre" stadionida boshlanadi.

Mazkur uchrashuv bugun 21:00da "Sport" telekanali orqali yozib olingan holda namoyish etiladi.


Uchrashuv uchun taxminlarni yozib qoldiring.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia