Bugun O'zbekiston U-16 terma jamoasi Polsha bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2016
Bugun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Polsha o'smirlar terma jamoasiga qarshi Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

8 aprel kuni yig'inga kirishgan Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi jamoa polshalik tengdoshlariga qarshi “Jar” stadionida bahs olib boradi. Uchrashuv 16:00da boshladi.

Polsha o'smirlar terma jamoasi 10 aprel kuni Toshkentga yetib keldi va bir necha mashg'ulotlar o'tkazish barobarida, delegaciyaning barcha a'zolari Toshkentning eng e'tiborga sazovor joylariga sayohat uyushtirishga ulgurdi.

Takidlash kerakki, O'zbekiston U-16 terma jamoasi 15 aprel, juma kuni Polshaga qarshi yana bir uchrashuv o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati 2016 yilning 15 sentyabr – 2 oktyabr sanalari davomida, Hindistonda bo'lib o'tadi. Unda Osiyoning 16 mamlakati o'smirlari ishtirok etadi.

Ushbu turnir saralash bahslari davomida Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi terma jamoa Maldiv (8:0), Falastin (6:0) hamda Yaman (5:2) jamoalari ustidan g'alaba qozonib, “A” guruhi g'olibi sifatida qita birinchiligiga yo'l olgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia