

Bugun olimpiyachilarimiz Qatarga qarshi o'ynashadi. Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa bundan oldin KXDR (4:2) va Suriyaga (0:1) qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazgandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida bo'lib o'tadigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.



