Bugun O'zbekiston Kubogi-2013 yarim finaliga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013, 10:16
Bugun O'zbekiston Kubogi-2013 yarim final uchrashuvlarini dastlab o'z maydonida o'tkazadigan jamoalar O'zPFL tomonidan qur'a tashlash yo'li bilan aniqlanadi.
Bugun O'zbekiston Kubogi-2013 yarim final bahslari dastlabki va javob uchrashuvlari dastlab qaysi jamoa maydonida bo'lib o'tishi bo'yicha qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Yarim finalning dastlabki uchrashuvlari  30-31 iyul kunlari, javob o'yinlari esa, 21-22 avgust kunlari bo'lib o'tishi avvaldan ma'lum.

Shuningdek bugun O'zbekiston Kubogining final uchrashuvi muddati va joyi ham aniqlanishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz