Bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga qur'a tashlanadi

Aziz Tukhtamuradov
24 avg 2023
Bugun, 24 avgust kuni OFK bosh qarorgohida Osiyo chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.

Xabaringiz bor, bu yilgi mavsumda O'zbekistonning to'rtta klubi guruh bosqichida ishtirok etadigan bo'ldi. O'zbekiston chempioni "Paxtakor" va kubok sohibi "Nasaf" guruh bosqichida to'g'ridan-to'g'ri qatnashsa, "Navbahor" va OKMK saralash bosqchiidagi g'alaba sabab ushbu bosqichga yetib keldi. 

Bugun vakillarimiz guruhdagi raqiblar nomini bilib olishadi. Qur'ada "Paxtakor" 1-savatdan, "Nasaf" 2-savatdan joy oladi. "Navbahor" va OKMK 4-savatdan o'rin oladi. 

Qur'a tashlash jarayoni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. 

Qiziq, klublarimizga qaysi jamoalar raqiblik qilarkin? Taxminlaringizni yozib qoldiring. 


Mavzuga aloqador: Ronaldu, Neymar, Mane va Benzema yohud jahon futboli yulduzlarining O'zbekistonga ehtimoliy tashrifi. Guruh bosqichida jamoalarimizga kimlar raqiblik qiladi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia