

Bu o'yinda "Metallurg" safida "Paxtakor"dan ijaraga olingan Zabihillo O'rinboev, Akbar Ismatullaev, Suhrob Nurulloev, Abbos Otaxonov, Javohir Sohibov va Saidjamol Davlatjonov maydonga tushishmaydi.
Ushbu futbolchilarning shartnomalarida o'z klubi qarshi o'ynamasligi borasida alohida band bor.
Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda "Buxoro" safida "Bunyodkor"dan ijaraga olingan ikki futbolchi Ergash Ismoilov va Javohir Qahramonov "qaldirg'ochlar"ga qarshi bahsda ishtirok etishmagandi.




